Savollar
Konsentratorni qancha vaqtda olib kelasiz?
O‘zbekiston bo‘ylab. Muddat manzilga qarab kelishiladi. Yetkazish alohida.
Qaysi konsentrator menga mos: 5, 8 yoki 10 litr?
Kerakli kislorod oqimini (litr/daqiqa) shifokor belgilaydi. Ko'pchilikka uy sharoitida 5 litrli konsentrator yetarli. Shifokor ko'proq oqim buyurgan bo'lsa, 8 yoki 10 litrli kerak bo'ladi. Ikkilansangiz, Telegram'ga yozing — tanlashga yordam beramiz.
Ijara uchun qanday hujjat kerak?
Ijarani rasmiylashtirishda pasport yoki ID-karta ma'lumotlari kerak bo'ladi.
Eng kam muddat qancha?
3 kun.
Muddatidan oldin qaytarsam, pul qaytariladimi?
Yo'q. Ijara oldindan kelishilgan muddatga hisoblanadi va muddatidan oldin qaytarilganda to'lov qayta hisoblanmaydi. Shuning uchun muddatni oldindan to'g'ri tanlash muhim — yordam beramiz.
Ijarani uzaytirish mumkinmi?
Ha. Muddat tugashidan oldin Telegram yoki telefon orqali xabar bering.
Konsentratorni sotib olish mumkinmi?
Ha, 5, 8 va 10 litrli konsentratorlarni sotamiz. Narxini va mavjud modellarni Telegram'da so'rang.
Kechasi ham bog'lanish mumkinmi?
Ha, biz 24/7 aloqadamiz — dam olish kunlari ham.